08:30 / 18.11.2017
10 813

“Dunyo go’zali – 2017” ning final bosqichi Xitoyda bo’lib o’tadi

“Dunyo go’zali – 2017” ning final bosqichi Xitoyda bo’lib o’tadi
“Dunyo go’zali – 2017” tanlovi g’olibasining ismi bugun Xitoyning Sanya shahrida o’qib eshittiriladi. G’oliblik tojini o’z sohibasi boshiga o’tgan yilgi “Dunyo go’zali”, Puerto-Rikolik Stefani Del Valle taqib qo’yadi.

Tanlovda 118 ta mamlakatdan kelgan 18-26 yoshli qizlar ishtirok etishmoqda. Bu yilgi tanlovda ilk bor Armaniston, Iroq, Laos va Senegal mamlakati go’zallari ham ishtirok etishadi.

Ishtirokchilarning ko’pchiligi xorijiy tillarni yaxshi o’zlashtirganlar. Ular orasida modellar, talaba, raqqosa, kosmetolog, stomatolog, marketolog, dizayner, kriminolog va hatto jurnalistlar ham bor, deyiladi xabarda.

Eslatib o’tamiz, “Dunyo go’zali” tanlovi 1951 yildan buyon har yili o’tkazib kelinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Dunyo go’zali – 2017” ning final bosqichi Xitoyda bo’lib o’tadi