Internetda paydo bo’lgan hasharot videosi foydalanuvchilarni dahshatga soldi

  • 18-11-2017, 13:23
  • 2 865
  • Dunyo
  • Internetda paydo bo’lgan hasharot videosi foydalanuvchilarni dahshatga soldi
    Asablari nimjonroq odamni bir zumda dahshatga solib qo’yishi mumkin bo’lgan va ulkan hasharot deb tahmin qilingan ushbu mavjudot videosi internetda tarqalib ketdi.

    Peruda, daraxtlarning birida harakatlanayotgan hasharotlarni payqagan biolog Aaron Pomerants uning bir emas, bir nechta hasharotlardan iborat jonzot ekanligi darhol tushungan.

    Aslida bu mutlaqo beozor bo’lgan qurt lichinkalari bo’lib, ular boshqalarga hech qanday zarar yetkazishmaydi. O’zlari esa odamlar va boshqa mavjudotlardan juda qo’rqadilar. Balki shuning uchun ham bir yerga yig’ilib olgancha atrofdagilarni qo’rqitishga kirishgandirlar, deyiladi xabarda.

    Video internet foydaluvchilari orasida qizg’in munozaralarga sabab bo’ldi. Ularning ayrimlari tabiatning naqadar buyuk ekanligini yana bir bor his qilganlarini aytsalar, boshqalari hasharotga nisbatan qo’rquv hissini tuyishgan

    » » Internetda paydo bo’lgan hasharot videosi foydalanuvchilarni dahshatga soldi