11:03 / 19.11.2017
9 962

Parijda «Qonundagi o‘g‘rilar» deb nomlangan mafiya qo‘lga olindi

Parijda «Qonundagi o‘g‘rilar» deb nomlangan mafiya qo‘lga olindi
Bu jinoiy guruh jami 35 kishidan iborat bo‘lib, ularning sakkiz nafari ayollar edi. Qolaversa, mafiya a’zolarining barchasi jinoyat olamidagi «Qonundagi o‘g‘ri» tituliga ega. Bundan ham tashqari, mafiya a’zolarining asosiy qismi Gruziya fuqarolari bo‘lib chiqdi.

Parij politsiyasi vakillarining ma’lumot berishiga qaraganda, ushbu mafiyaga qarshi ikki yil oldin jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va o‘g‘rilar qidiruvda bo‘lgan. Ularni izlash bilan Parij politsiyachilaridan tashqari, Yevropol hamda Interpol xalqaro tashkilotlari ham shug‘ullanib kelgan.

«Qonundagi o‘g‘rilar» mafiyasi asosan mayda o‘g‘irliklar, qaroqchilik, tamaki mahsulotlari kontrabandasi bilan mashg‘ul bo‘lgan. Qotilliklar, yirik o‘g‘irlik harakatlarini hech qachon sodir etishmagan. Shu narsa ularni qidirib topishda huquqni muhofaza qilish tashkilotlariga jiddiy mushkulotlar tug‘dirib kelgan.

Albatta, o‘g‘rilarni qo‘lga olishda Gruziya elchixonasi ham katta yordam berdi.
Qo‘lga olinganlarning uyi tintuv qilinganda, 70 ming yevro miqdorida pul, to‘pponchalar va noqonuniy tarzda saqlanib kelingan transport vositalari borligi aniqlandi. Tintuv Fransiya, Italiya, Ispaniya va Portugaliyada tashkil etildi. Sababi, o‘g‘rilarning ko‘pchiligi shu mamlakatlarda berkinib-pusib o‘z jinoyatlarini amalga oshirgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Parijda «Qonundagi o‘g‘rilar» deb nomlangan mafiya qo‘lga olindi