15:48 / 20.11.2017
6 872

Yelizaveta II va shahzoda Filipp to’ylarining 70 yilligini nishonlamoqdalar

Yelizaveta II va shahzoda Filipp to’ylarining 70 yilligini nishonlamoqdalar
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va uning turmush o’rtog’i Edinburg gersogi shahzoda Filipp bugun oilaviy hayotlarining 70 yilligini nishonlamoqdalar.

Tantana do’stlar va qirollik oila a’zolari davrasida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o’tamiz, merosxo’r malika Yelizaveta va Leytenant Filipp Mauntbatten 1947 yilning 20 noyabr kuni Vestminister abbatligida nikohdan o’tishgan.

Fevral oyida qirolicha o’z hukmronligining 65 yilligi, aprel oyida esa 91 yoshini nishonlagan edi, deb yozadi “Iz.ru”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yelizaveta II va shahzoda Filipp to’ylarining 70 yilligini nishonlamoqdalar