15:52 / 20.11.2017
11 380

Ota qarzlari sabab ikki farzandini yoqib yubordi

 Ота қарзлари сабаб икки фарзандини ёқиб юборди
47 yoshli Endris Muxammed ikki nafar farzandi – 7 yoshli Saros va 6 yoshli Leanorani o’ldirganlikda ayblanmoqda. Endrisning rafiqasi Penila olovdan qutulib qolgan va bolalar jasadini alanga ichidan olib chiqqan, deb yoziladi xabarda.

Erkak uyni yoqib bo’lgach, mashinada 40 mil yo’l bosib, o’zini ham o’ldirmoqchi bo’lgan. Ammo yo’lovchilar bo’layotgan voqealarni payqab tez tibbiy yordamga qo’ng’iroq qilishgan. Erkak qattiq kuyganiga qaramay tirik qolgan.

Penilaning so’zlariga qaraganda, Endris muloyim va xushmuomala ota bo’lgan, uning bu ishi esa barchaning aqlini shoshirib qo’ydi. Erkak qotillik sodir etgan paytda katta qarzlari sabab chuqur tushkunlik holatida bo’lgan.

Ayblanuvchining o’zi esa Buyuk Britaniyada yaxshi yashashga umidi qolmagani uchun o’z joniga qasd qilmoqchi bo’lgani haqida gapirgan. Ayni paytda oila qariyalarni parvarishlash evaziga pul topuvchi Pelinaning hisobiga yashagan. Aynan mana shu holat qotillikka asos bo’lgan deb tahmin qilinmoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ota qarzlari sabab ikki farzandini yoqib yubordi