16:07 / 20.11.2017
13 754

Yigit talaba qizning qo’lini so’rab, rad javobini olgach, uni yoqib yubordi

Yigit talaba qizning qo’lini so’rab, rad javobini olgach, uni yoqib yubordi
22 yoshli yigit sobiq sinfdoshining qo’lini so’rab, rad javobi olganiga chiday olmay, sevgan qizining boshqa birovga ham nasib etmasligi uchun uni yoqib yubordi.

Voqea Hindistonning Chinnay viloyatida bo’lib o’tgan. 22 yoshli Akash sobiq sinfdoshi Indujini 1 oy davomida kuzatib yurgan va unga dilidagi so’zlarni aytgan.

Qizning rad javobidan so’ng yigit bir necha kun o’ziga kela olmadi va qizning uyiga keldi. Qiz Akashning kelganini bilgach, eshikni ochmadi, yigit esa jiddiy gaplashib olishlari kerakligini aytib uni eshikni ochishga ko’ndirdi. Qiz eshikni ochgani zahoti yigit uning ustiga benzin sepib, yoqib yubordi. Qizning onasi va opasi unga yordam bermoqchi bo’ldilar, ammo buning uddasidan chiqib bo’lmadi. Natijada ularning o’zlari ham og’ir jarohat oldilar.

Indujining onasi va opasi shifoxonaga yetkazildi, o’zi esa yo’lda dunyodan ko’z yumdi.

Qotil qochib ketganiga qaramay, topib qamoqqa olindi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yigit talaba qizning qo’lini so’rab, rad javobini olgach, uni yoqib yubordi