
Rossiya Davlat Dumasi deputati, mamlakat liberal-demokratlar partiyasi a’zosi Aleksey Didenkoning aytishicha, Jirinovskiyning nomzodi partiya tarafidan ilgari surildi.
— Vladimir Jirinovskiy, — dedi Didenko. — Tajribali siyosatchi. U prezident sifatida bemalol mamlakatni boshqara oladi. Biz bu bilan faxrlanamiz…
Davlat Dumasi vitse-spikeri Igor Lebedev shu narsani alohida ta’kidladiki, Jirinovskiy nomzodi prezidentlik saylovlariga qo‘yilgan bo‘lsa-da, partiyaning shu yil dekabr oyida o‘tadigan s’ezdi albatta tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada navbatdagi prezidentlik saylovlari 2018 yil mart oyida bo‘lib o‘tadi. Saylov kompaniyasi esa 2017 yil dekabr oyida boshlanadi.