12:43 / 22.11.2017
8 737

Ayol 3 yoshli qizini mashina urib yuborganini sezmay qoldi

Ayol 3 yoshli qizini mashina urib yuborganini sezmay qoldi
Xitoyda g‘aroyib hodisa ro‘y berdi. Bu esa ko‘chalardan biriga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasiga muhrlandi.
Jajji qizaloqni mashina ostida qolib ketgani aks etgan videolavha bir zumda shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.
Xitoy manbalarida xabar qilinishicha, 3 yoshlar chamasidagi qizaloq onasi bilan ketayotgan bo‘lgan, uni avtomobil urib ketganini onasi sezmay qolgan hatto…
Shu kuni ayol va uning qizi maktabgacha ta’lim muassasasiga ketishayotgan edi. Ayol qizidan biroz oldinda yurib ketayotganini video orqali ko‘rish mumkin.
Avtomobil yo‘lidan o‘tish chog‘ida ayol qiziga nimalarnidir aytadi va yo‘lida davom etadi. Bu vaqtda yo‘ldan qayrilayotgan mashina haydovchisi orqada kelayotgan qizaloqni ko‘rmay qoladi va uning ustidan bosib ketadi.
Avtomobil bir necha metr harakat qilishga ham ulguradi. Yo‘lovchilardan biri mazkur hodisani ko‘rib, darhol mashinani to‘xtattiradi. O‘zi esa atrofdagilarni yordamga chaqirib, birgalikda avtomobilni ko‘tarishadi va qizaloqni qutqarib olishgani haqda Qalampir.uz ma’lumot berdi.
Qizning onasi ham bu jarayonda ishtirok etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qizaloq jiddiy darajada shikastlanmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ayol 3 yoshli qizini mashina urib yuborganini sezmay qoldi