17:28 / 23.11.2017
11 403

“Ukamni kim o’ldirganini bilardim, ammo 50 yil sukut saqlab keldim...” Qotilning ko’p yillik siri ochildi!

“Ukamni kim o’ldirganini bilardim, ammo 50 yil sukut saqlab keldim...” Qotilning ko’p yillik siri ochildi!
Piter 18 oylik ukasi o’lganida bor-yo’g’i 3 yoshda edi va qotillikning guvohiga aylangandi. Ammo bu sirni 50 yil davomida hech kimga aytmadi, politsiya esa bolakay karavotdan yiqilib, boshidan qattiq jarohat olganini o’lim sababi sifatida qayd qilib qo’ydi. Aslida bolakay Polni o’gay otasi Devid Dirlav Piterning ko’z o’ngiga urib o’ldirgan edi.

Qotillik sodir bo’lgan kun Piterning qorni ochib, uyning birinchi qavatiga tushadi va dahshatli manzaraga duch keladi. Ammo o’gay otasidan qo’rqqani uchun bu voqeani hech kimga aytmaydi, sababi erkak barcha o’gay farzandlarini qattiq kaltaklar edi.

O’gay ota Polni oyoqlaridan ushlab olgancha, shiftga qarab urgan. Keyin bolani qattiq silkitib, boshini kaminga urib, o’ldiradi. Qo’rqib ketgan Piter tezda o’z xonasiga qaytadi va ushbu holatni unutishga urinib yashaydi.

Ammo yaqindagina Devidning o’z o’g’li “Facebook”dagi sahifasiga joylashtirgan suratdan keyin uning sabr kosasi to’ldi. Suratda marhum Pol o’gay otasining tizzasida o’tirgani tasvirlangan. Piter ushbu suratdan shunchalar g’azablandiki, oxir-oqibat, ushbu qotillik haqida politsiyaga xabar berdi.

Ayni paytda qotillikka doir tekshirish ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Ukamni kim o’ldirganini bilardim, ammo 50 yil sukut saqlab keldim...” Qotilning ko’p yillik siri ochildi!