09:18 / 24.11.2017
5 317

Donald Tramp shtabi sobiq rahbari Pol Manafort Moskvaga 18 marta kelib-ketgan

Donald Tramp shtabi sobiq rahbari Pol Manafort Moskvaga 18 marta kelib-ketgan
Donald Tramp shtabining sobiq rahbari Pol Manafort Moskvaga so‘nggi yillarda 18 marta kelib-ketgan. Bu haqda «Gazeta.ru»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, bir paytlar Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich qo‘l ostida ham ishlagan Manafort 2005 va 2006 yilda Moskvaga 11 marta, 2008 yilda — uch marta, 2009 yilda — ikki marta, 2010 va 2011 yillarda bir martadan tashrif buyurgan.

O‘z tashriflari chog‘ida Manafort, go‘yoki, Kremlga bog‘liq shaxslar bilan aloqada bo‘lgan.

Bundan tashqari, 2014 yil fevralidan u Ukrainaning «Muxolifat bloki» partiyasi bilan hamkorlik qilgan va so‘nggi 20 oy ichida Kiyevga 19 marta kelgan. Manafort, shuningdek, partiyaga NATOga qarshi pozitsiyani egallashni taklif qilgan.

Nashr xulosa qilishicha, Manafortning Rossiya tarafdorlari bilan aloqasi «taxmin etilganidan ko‘ra chuqurroq bo‘lib chiqqan», uning Moskvaga qo‘nib o‘tishlari esa amerikalik tergovchilar uchun qiziq bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, Tramp shtabi sobiq rahbarining vakili unga qaratilgan ayblovlarni rad etdi va Manafort hech qachon Rossiya hukumatiga ishlamaganligini aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp shtabi sobiq rahbari Pol Manafort Moskvaga 18 marta kelib-ketgan