18:49 / 24.11.2017
7 211

O’nlab uysiz parijliklar Fransiya prezidentining qo’shnisiga aylanishdi

Ўнлаб уйсиз парижликлар Франция президентининг қўшнисига айланишди
Parijda sovuq havodan aziyat chekkan bir guruh uysiz insonlar Yelisey saroyidan unchalik uzoq bo’lmagan yerdagi sport zaliga kelib joylashishdi va yilning sovuq kunlari o’tib ketishini kutishga kirishdilar.

Shu tariqa, ular ma’lum ma’noda prezidentning qo’shnisiga aylanishdi.

Parij meri o’rinbosari Yan Brossat esa ularning yoniga tashrif buyurib, hokimiyat tegishli yordamni ko’rsatmaguncha ularni chiqarib yubormaslikning barcha choralarini ko’rishga va’da berdi, deyiladi xabarda.

Eslatib o’tamiz, iyul oyida Emmanuel Makron yil oxiriga qadar aholining har bir vakili uylik bo’lishi haqida bildirgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O’nlab uysiz parijliklar Fransiya prezidentining qo’shnisiga aylanishdi