17:06 / 25.11.2017
10 722

Qozog‘istonlik yolg‘iz ayol o‘zbekistonlik erkakni o‘ldirganlikda ayblanmoqda

Qozog‘istonlik yolg‘iz ayol o‘zbekistonlik erkakni o‘ldirganlikda ayblanmoqda
Bir necha kun avval Qozog‘istonning Olma-ota viloyatida o‘zbekistonlik erkak o‘ldirildi. Iliyskiy tumanidagi shifoxonaga pichoq bilan yaralangan erkak keltirildi, ammo oradan 2 soat o‘tib jon berdi.

Olma-otada yashovchi yolg‘iz ayol o‘zbekistonlik erkakning qotilligida gumon qilinmoqda.

Erkak olib ketilgan uyning egasi – 30 yoshli ayol qo‘lga olindi. Olma-otalik ayolning aytishicha, u o‘zbekistonlik erkak bilan oila qurmoqchi bo‘lgan. Ayolning 2 farzandi bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol erkak bilan o‘zaro janjal kelib chiqqanini va erkakning o‘zi pichoq sanchishga majbur qilganligini aytgan.

Tergov tekshiruvlari vaqtida ayolning ko‘rsatmalari tekshiriladi.

Qotillikni sodir etganlikda gumon qilinayotgan ayolning so‘zlariga qaraganda, erkak o‘zini 27 yoshdaligini va O‘zbekiston fuqarosi ekanligini ma’lum qilgan.

Jabrlangan erkakning yonidan hech qanday hujjat topilmagan. Shu sabab avval uning shaxsini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonlik yolg‘iz ayol o‘zbekistonlik erkakni o‘ldirganlikda ayblanmoqda