09:42 / 27.11.2017
5 650

AQSH OAV Shimoliy Koreyaning Los-Anjelesga yadro zarbasi oqibatlarini tahlil etdi

AQSH OAV Shimoliy Koreyaning Los-Anjelesga yadro zarbasi oqibatlarini tahlil etdi
AQSHning National Interest nashri mutaxassislari Stivens texnologiya institutida yaratilgan dastur yordamida Shimoliy Koreyaning Los-Anjeles shahriga ehtimoliy yadro zarbasi oqibatlarini tahlil qildi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Tahlil uchun trotil ekvivalentida 250 kilotonna quvvatga ega bomba tanlab olindi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, megapolis markazida uning portlashi milliondan ortiq odamga taalluqli bo‘ladi: 378 ming kishi halok bo‘ladi, 860 ming kishi jarohatlanadi.

Portlash epimarkazidan 5 kilometr radiusda aksariyat binolar vayron bo‘ladi, uning ichida bo‘lganlar omon qolishi imkoniyati esa nolga teng bo‘ladi.

Tadqiqot mualliflari shunday birgina yadro zarbasi qurbonlari soni AQSHning Ikkinchi jahon urushidagi yo‘qotishlariga teng bo‘lishini a’kidladi va bu hisob-kitoblar ilmiy fantastika bo‘lib qolishiga umid bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH OAV Shimoliy Koreyaning Los-Anjelesga yadro zarbasi oqibatlarini tahlil etdi