09:14 / 27.11.2017
5 133

Meksikaning Verakrus shtatida 48 soat davomida 23 kishi o‘ldirildi

Meksikaning Verakrus shtatida 48 soat davomida 23 kishi o‘ldirildi
Meksika sharqidagi Verakrus shtatida 48 soat davomida 23 kishi o‘ldirildi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

El Universal nashriga ko‘ra, zo‘ravonlikning avj olishi mahalliy uyushgan jinoiy guruhlar faollashuvi bilan bog‘liq.

Shtatning bir necha tumanlarida rasmiylar huquq-tartibot idoralarini kuchaytirilgan ish tartibiga o‘tkazdi, biroq bu harakatlar kutilgan natijani bermadi. Jamoat xavfsizligi milliy tizimi 2016 yil dekabridan joriy yil oktyabriga qadar Verakrusda 1,5 mingdan ortiq qasddan qotillik ro‘y berganini qayd etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksikaning Verakrus shtatida 48 soat davomida 23 kishi o‘ldirildi