10:24 / 27.11.2017
5 200

Agung vulqoni otildi. Balida xalqaro aeroport yopildi

Agung vulqoni otildi. Balida xalqaro aeroport yopildi
Indoneziya hukumati Bali orolidagi xalqaro aeroportni yopib qo‘ydi. Bu Agung vulqoni otilganidan so‘ng yuz berdi. Bu haqda «SBS News» telekanaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Avvalroq mamlakat hukumati Agung vulqoni bir hafta ichida ikkinchi marta otilganidan so‘ng Lombok oroli aeroportini yopib qo‘ygandi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, aeroport 18 soat davomida ishlamaydi.

Indoneziyaning tabiiy ofatlarni bartaraf etish bo‘yicha agentligi xavf darajasini maksimalga qadar oshirdi.

Agung vulqoni birinchi marta 21 noyabr kuni otildi. Vulqondan tutun uning og‘zidan (krater) 700 metr balandlikka ko‘tarildi. Yakshanba kuni esa ikkinchi otilish boshlandi, vulqon lavani chiqarib tashlamadi, biroq tutun to‘rt ming metrlik balandlikka ko‘tarildi, shu sababdan havo transporti uchun eng yuqori (qizil) xavf darajasi e’lon qilindi.

Agung vulqoni faolligi sentyabr oyida oshgandi, o‘shanda Bali orolining barcha hududi bo‘ylab favqulodda holat e’lon qilindi, 144 ming kishi xavfsiz joyga ko‘chirildi.

Ma’lumot uchun, Agung vulqonining eng yirik otilishi 1963 yilda yuz bergan bo‘lib, natijada mingdan ortiq inson halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Agung vulqoni otildi. Balida xalqaro aeroport yopildi