16:52 / 27.11.2017
6 058

Shanxaylik ayol sobiq turmush o’rtog’ini so’yib qo’ydi

Shanxaylik ayol sobiq turmush o’rtog’ini so’yib qo’ydi
Buyuk Britaniyalik Maykl Simpson Shanxay shahriga ishlash uchun kelib, bo’lg’usi yori bilan tanishgan edi. Ammo ularning turmushlari uzoqqa cho’zilmadi.

Juftlik ajrashgach, o’rtada kelib chiqqan janjalga Mayklning yangi xushtori Reychel Lin ham aralashdi. Ayol qo’shni xonada uxlab yotgan ikki farzandining borligini ham unutib, 34 yoshli tadbirkorning bo’yniga pichoq suqdi va Reychelning qo’liga og’ir jarohat yetkazdi.

Maykl o’sha zahoti vafot etdi, Reychel esa shifoxonaga tushdi.

Qotillik sodir etgani uchun Vey Vey Fuga 50 yillik qamoq jazosi berishlari mumkin. Sobiq juftlik farzandlari esa ayni paytda ayolning ota-onasi bilan istiqomat qilmoqdalar. Mayklning oila a’zolari yetti yoshli Jek va 4 yoshli Alisani mart oyidan buyon ko’rishmagan. Ular bolalar uchun vasiylikni olib, kichkintoylarni Angliyaga olib ketish niyatida.

Xabarda aytilishicha, Vey Vey Maykl Xitoyga ishlash uchun kelgandan keyin u bilan tanishib, oila qurishgan. Tez orada ularning ikki farzandlari tug’ilgan va ma’lum sabablarga ko’ra ajrashib ketishgan. Ko’p o’tmay, Maykl boshqa bir qiz bilan uchrasha boshlagan. Ayol esa qotillik sodir etilgan kechada ikki do’sti bilan sobiq erining uyiga munosabatlariga oydinlik kiritib olish uchun kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shanxaylik ayol sobiq turmush o’rtog’ini so’yib qo’ydi