19:32 / 27.11.2017
6 896

Mana buni muhabbat deydilar! Bitta libosini 20 yil tashlab yubormay kiygan erkakning bunday qilishiga nima sabab bo’lgandi?

Мана буни муҳаббат дейдилар! Битта либосини 20 йил ташлаб юбормай кийган эркакнинг бундай қилишига нима сабаб бўлганди?
Ushbu voqea internet tarmog’ida paydo bo’lgach, minglab foydalanuvchilarning ko’ziga yosh keldi.

Ria ismli Twitter ijtimoiy tarmog’i foydalanuvchisi o’z otasi haqidagi dilni o’rtar hikoyani boshqalarga ham aytib berdi.

Yaponiyada istiqomat qiluvchi Ria bobosining o’limidan so’ng uning xonasini yig’ishtira turib, ota-onasining asal oylarida olingan suratlarini topib oladi va otasining engidan hozir ham tushmaydigan futbolkani ko’rib hayratga lol qoladi.

Qiz otasining hatti-harakatlari sababini darhol payqadi: uning onasi 18 yil avval olamdan ko’z yumgan, otasi esa ushbu libosini rafiqasidan hotira sifatida kiyib yurar ekan.

Ma’lum qilinishicha, qiz otasining nima uchun bitta libosni bunchalar uzoq vaqt davomida kiyib yurishi va uning qiymati borasida hech narsaga tushunmagan ekanligini tan olgan.

“Otam mana shu libosi yirtilganda, uni o’z qo’llari bilan yamab olardi va maxsus kunlarda kiyardi” deydi Ria.

Qizning otasi rafiqasining vafotidan keyin uylanmagan, butun umrini qizi va o’g’lining tarbiyasi uchun sarf etgan. Ushbu voqeani o’qigan internet foydalanuvchilari esa uning mazmunidan g’oyat ta’sirlanmoqdalar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mana buni muhabbat deydilar! Bitta libosini 20 yil tashlab yubormay kiygan erkakning bunday qilishiga nima sabab bo’lgandi?