23:15 / 27.11.2017
7 338

Saudiyalik hibsdagi shahzodalar saqlanayotgan «oltin qamoqxona» (Video)

Saudiyalik hibsdagi shahzodalar saqlanayotgan «oltin qamoqxona» (Video)
Saudiyalik shahzodalar va qator yuqori mansabli amaldorlar uch hafta avval hibsga olindi. VVS ular qanday sharoitda saqlanayotganini aniqladi. Uni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

Reportajda ta’kidlanishicha, 4 noyabrdan boshlab Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi Ritz-Carlton mehmonxonasi taxminan 200 nafar shahzodalar va qator nufuzli amaldorlar uchun «oltin qamoqxona»ga aylangan. Ular 32 yoshli valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning buyrug‘i bilan hibsga olindi.

Qo‘lga olinganlarning taxminan 95 foizi kelishuvga borishga va ozodlik evaziga o‘zlarining mablag‘larining bir qismidan voz kechishga tayyor.

Mehmonxonada yuzlarni suratga olish va intervyuni yozish taqiqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiyalik hibsdagi shahzodalar saqlanayotgan «oltin qamoqxona» (Video)