12:30 / 28.11.2017
5 628

Yaponiyalik suratkash haykallar bilan to’lib-toshgan sirli joyga borib qoldi

Yaponiyalik suratkash haykallar bilan to’lib-toshgan sirli joyga borib qoldi
Yukison tahallusi bilan mashhur bo’lgan yapon suratkashi Ken Oki Toyama perfekturasida aylanib yurib, Fureai Sekibutsu no Sato qishlog’ida inson haykallari bilan to’lib vahimali joyga borib qoldi.

Ushbu maskan nomi “Budda haykallarini uchratish mumkin bo’lgan qishloq” degan ma’noni anglatadi.

“Men go’yo ta’qiqlangan joyga tushib qolgandek bo’ldim. Bu hayratlanarli!” deydi Ken o’zining Twitterdagi sahifada. Asli u borib qolgan joy 800 dona tosh haykal o’rnatilgan va Mutsuto Furukava tomonidan asos solingan bog’dir, deyiladi xabarda.

Mutsuto Furukava ushbu bog’ni mashhur turistik maskanga aylantirmoqchi bo’lgan, ammo vaqt o’tishi bilan haykallar vahimali ko’rinish olgan.

Bu yerga kelishga ko’pchilikning yuragi betlamaydi, tunda esa bog’ning qanday ko’rinishda bo’lishini tasavvur qilavering.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyalik suratkash haykallar bilan to’lib-toshgan sirli joyga borib qoldi