11:00 / 29.11.2017
5 214

Tutqunlikda saqlanayotgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Miteb bin Abdulla ozodlikka chiqdi

Tutqunlikda saqlanayotgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Miteb bin Abdulla ozodlikka chiqdi
Ma’lumotlarga ko’ra, tez kunlarda yana 3 ta amaldorning ozodlikka chiqarilishi kutilmoqda.

Taxtga yetakchi da’vogarlardan biri bo’lmish shahzoda Miteb bin Abdulla hokimiyat vakillari bilan kelishib, 1 million dollar evaziga ozodlikka chiqarilgan.

Miteb milliy gvardiya boshlig’i bo’lib, qo’lga olingan qirollik oilasi a’zolari, ministr va amaldorlar qatorida tutqunlikda saqlanayotgan edi.

“Hisob-kitob summasi aniq emas, ammo u bir million AQSH dollaridan ko’proq deb hisoblanmoqda” deydi amaldor.

Tez orada korruptsiya ishlariga aralashgan yana 3 nafar odamning ozodlikka chiqarilishi kutilmoqda, ammo ularning shaxsi hozircha oshkor etilmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tutqunlikda saqlanayotgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Miteb bin Abdulla ozodlikka chiqdi