Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qirg‘iziston rahbari Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi. Siyosatchilar Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining (KXShT/ODKB) Minskda bo‘lib o‘tgan sammiti vaqtida uchrashgan.
Kun.uz tarqatgan xabarga ko‘ra, prezidentlar ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollari, xususan, chegaradagi vaziyat bilan bog‘liq masalalarini muhokama qilishgan. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev barchaga chegaradagi vaziyat ma’lumligi haqida gapirgan.
«Shuning uchun biz shunday qarorga keldik: hukumatlarimiz tomonidan tuzilgan yo‘l xaritasi bor, biz uni yana qayta ko‘rib chiqamiz. Ikki davlat ishchi guruhlari buni muhokama etishadi va bu yo‘l xaritasini imzolashadi», - degan Nursulton Nazarboyev.
U Qozog‘iston ham, Qirg‘iziston ham chegarada nazorat o‘rnatishini qayd etib o‘tgan. Shuningdek, YeII vakillari yuklar o‘tkazilishini nazorat qiladi.
Xuddi shunday tekshiruvlar Xitoy bilan chegarada ham o‘tkaziladi. Nursulton Nazarboyevning ma’lum qilishicha, u Sooronbay Jeenbekovni o‘z mamlakatiga taklif etgan.
«Biz mavjud masalalar bo‘yicha gaplashdik va bir to‘xtamga keldik. Ikki davlat hukumati dekabr oyi mobaynida o‘zaro munosabatlardagi masalalar bo‘yicha yo‘l xaritasining yakuniy ko‘rinishini ishlab chiqishi zarur. Shunda ko‘plab muammolar hal etiladi. Chegaralar bu yo‘l xaritasi imzolanishidan avvalroq ham ochiladi. Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha barcha vazifalar va masalalar kelishilgan muddatda hal etiladi», - deya qayd etgan o‘z navbatida Sooronbay Jeenbekov.
Qayd etish kerakki, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar shu yilning oktyabrida yomonlashdi, 10 oktyabr kuni chegaradagi vaziyat keskinlashdi. Qozog‘iston fitosanitar nazoratni kuchaytirdi. Bunga Qirg‘izistonning avvalgi prezidenti Almazbek Atamboyev ketishidan oldin mamlakati blokada tushishiga sabab bo‘luvchi ayrim qadamlarni tashlagani sabab bo‘lgandi. U Qozog‘iston rahbariyatiga, xususan, Nursulton Nazarboyevga qator ayblovlar qo‘ygandi. Hozirga qadar ham har kuni yuzlab yuk tashish mashinalari chegarada ushlanib qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
20 davlat Ukraina uchun yarim millionta o‘q-dori sotib oladi