13:41 / 01.12.2017
4 863

AQSh Xitoyni bozor iqtisodiyotiga ega davlat deb hisoblashdan bosh tortdi

AQSh Xitoyni bozor iqtisodiyotiga ega davlat deb hisoblashdan bosh tortdi
Qo‘shma Shtatlar Xitoyni Butunjahon savdo tashkiloti o‘lchovlari bo‘yicha bozor iqtisodiyotiga ega davlat deb hisoblashdan bosh tortadi. Bu haqda AQSh savdo vakolatxonasining 30 noyabr, payshanba kuni tarqatilgan bayonotida ma’lum qilindi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, «davlatning Xitoy iqtisodiyotida asosiy rol o‘ynashi, jumladan, imtiyozlar taqdim etish amaliyotining keng tarqalgani mamlakat ichidagi narxlar bozor qonunlari bilan belgilanmasligini anglatadi».

Mazkur bayonot AQSh savdo vazirligining oktyabr oyidagi shu mazmundagi ma’ruzasidan so‘ng qabul qilindi. Unda Xitoy bozor iqtisodiyotiga ega ekanligini isbotlay olmaganligi bildirilgan.

AQSh Xitoy tomonidan «bozor iqtisodiyotiga ega davlat» maqomining olinishi arzon mahsulotlar G‘arb bozorlariga oqib kelishiga sabab bo‘lishidan xavotirda. Yevropa ham shunday yondashuvni yoqlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Xitoyni bozor iqtisodiyotiga ega davlat deb hisoblashdan bosh tortdi