10:10 / 02.12.2017
6 460

Rossiya deputatlari Kim Chen Inni Moskvaga taklif qilishdi

Rossiya deputatlari Kim Chen Inni Moskvaga taklif qilishdi
Rasmiy tashrif mamlakatlar o’rtasida do’stona aloqalar o’rnatilganining 70 yillik yubileyi arafasiga belgilanishi mumkin.

Noyabr oyida KXDRga “do’stlik aloqalari” yuzasidan tashrif buyurgan Rossiya Davlat Dumasi deputatlari Shimoliy Koreya rahbarini Moskva shahriga javob tashrifi bilan kelishga taklif qildilar. Xabarda aytilishicha, ushbu hodisa Moskva va Pxenyan o’rtasida diplomatlik aloqalar o’rnatilganining 70 yilligi arafasida sodir bo’lishi mumkin.

“Biz o’z do’stlarimizni parlament va Koreyaning Mehnat partiyasi boshchiligida Moskvaga tashrif buyurishga taklif etdik. Koreyaning Mehnat partiyasi boshlig’i esa bevosita KXDR rahbari Kim Chen Indir” deydi Rossiya delegatsiyasi rahbari Kazbek Taysaev.

Eslatib o’tamiz, oktyabr oyi o’rtalarida Moskva shahriga Shimoliy Koreya Xalq majlisi delegatsiyasi tashrif buyurib, bir qator kelishuvlarga erishilgan edi. Delegatsiya Rossiya Federatsiyasi federal majlisi federatsiya kengashi tomonidan kutib olingan va uning spikeri Valentin Matvienkoga Shimoliy Koreya Yuqori xalq kengashi raisi o’rinbosari An Don Chxuu Kim Chen Inning maktubini taqdim etgandi. KXDR delegatsiyasi esa rossiyalik hamkasblaridan maxsus choy to’plami sovg’asiga ega bo’lishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya deputatlari Kim Chen Inni Moskvaga taklif qilishdi