21:30 / 02.12.2017
5 928

Turkiyada bitkoin islomga zid deb tan olindi

Turkiyada bitkoin islomga zid deb tan olindi
Turkiyaning din ishlari boshqarmasi bitkoinni islom g‘oyalariga zid deb tan oldi. Bu uning chayqovchilik xususiyati bilan bog‘langan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Xabarda aytilishicha, musulmonlarga o‘z tabiatiga ko‘ra chayqovchilik instrumentlaridan foydalanish taqiqlangan. Shu sababli bitkoin islom g‘oyalariga zid keladi. Xuddi shu tamoyil qolgan kriptovalyutalarga, jumladan blokcheynlar negizidagi onlayn-xizmat Ethereum’ga ham taalluqli.

“Kriptovalyutalarni sotish va sotib olish ayni vaqtda islom me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydi, chunki uning kursi chayqovchilikka bog‘liqdir. Bitkoin jinoiy faoliyat, jumladan pullarni yuvish uchun oson qo‘llanishi mumkin va hukumat tomondan nazorat qilinmaydi”, deb ma’lum qilingan Enson Haber nashrida. Bitkoinning jinoiy faoliyat uchun qo‘llanishi Suriyaga yaqinligi sababli Turkiyaga ayniqsa xavflidir.

Turkiyaning din ishlari departamenti Diyanet ushbu bayonotni bitkoinning 11 ming dollardan oshib, so‘ngra 15 foizga arzonlashishidan oldin, ya’ni shu yil 24 noyabrda chop etgan.

Turkiya PayPal to‘lov xizmati mamlakat hududida taqiqlangandan keyin ma’lum vaqt bitkoin-startaplarni jalb qilgan. PayPal’ning o‘rnini mahalliy bitkoin-birjalar egallagan, biroq BTCTurk 2016 yilda ushbu faoliyatni to‘xtatgan, chunki hukumat uning hisob raqamini ogohlantirishsiz to‘xtatgan. Treyderlar uchun bitkoin turk lirasi o‘rniga yaxshi muqobil hisoblanadi.

Islom istalgan chayqovchilikni, qimor o‘ynash va sudxo‘rlikni taqiqlaydi. Musulmon davlatlarida bu qoidalardan qochish uchun islom bankingi paydo bo‘lgan. Turkiyada ko‘p yillar davomida ommaviy joylarda islomga berilganlikni namoyish qilish ma’qullanmagan, biroq amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an dinni qo‘llab-quvvatlovchi siyosat olib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada bitkoin islomga zid deb tan olindi