20:40 / 03.12.2017
4 265

Puchdemon Kataloniyada referendumning ikkinchi turi o‘tkazilishini ma’lum qildi

Puchdemon Kataloniyada referendumning ikkinchi turi o‘tkazilishini ma’lum qildi
Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon 21 dekabr kuni parlamentda muxtoriyat mustaqilligi bo‘yicha referendumning ikkinchi turi o‘tkazilishi haqida ma’lum qildi. Bu haqda Kun.uz xabar tarqatdi.

«Biz davlatimizni, davrni o‘zgartirishimiz kerak. Bu davlat hamon XX yoki XIX asrda yashamoqda, uni XXI asrga moslashimiz kerak», — degan Puchdemon o‘z murojaatida.

Bunda avvalroq Puchdemon Belgiyadagi boshpanasidan turib saylovoldi kampaniyasi boshlagani haqida xabar berilgandi.

1 oktyabr kuni o‘tkazilgan Kataloniya mustaqilligi bo‘yicha referendumdan keyin Puchdemon Belgiyaga qochib ketishga majbur bo‘ldi. Ispan sudi Puchdemonni hibsga olishga order bergan, u Yevropada qidiruvga berilgan, ammo Belgiya hukumati ushbu siyosatchi va 4 hamrohini ozodlikda qoldirishga qaror qildi. Ayni vaqtda Puchdemon Bryuggeda vaqtincha qarorgohda yashamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Puchdemon Kataloniyada referendumning ikkinchi turi o‘tkazilishini ma’lum qildi