AQSh qurolli kuchlarining strategik qo‘mondonligi boshlig‘i general Jon Xayten Rossiya va Xitoyni AQSh harbiy ob’ektlariga qaratilgan koinot qurolini yaratishda aybladi. U bu haqda Pentagon saytida chop etilgan intervyusida aytib o‘tgan.
Xaytenning aytishicha, Rossiya va Xitoy AQSh koinotga qanday harbiy ob’ektlarni olib chiqishini kuzatadi va uning koinot qurilmalarini raketa va lazerlar bilan urib tushiradigan yoki ularga xalaqit yarata oluvchi qurolni yaratishga mablag‘ ajratadi.
“Ular bu imkoniyatlarni AQShga, bizning ittifoqdoshlarga chaqiriq tashlash va dunyoda kuchlar muvozanatini o‘zgartirish uchun yaratishgan. Biz bunga yo‘l qo‘ya olmaymiz”, deb aytgan general.
Xaytenning ta’kidlashicha, u yaqin orada harbiy ixtiloflar koinot hududini ham qamrab olishi mumkinligiga shubha qilmaydi.
“Ixtilof koinotga ko‘chadi. Agar u koinotga ko‘chsa, unda biz ko‘radigan ish boshqa joydagi ishimiz kabi bo‘ladi: ixtilofning oldini olish, u hech qachon yuz bermasligiga ishonch hosil qilish uchun barcha ishni amalga oshirish, agar yuz bersa ham, bu sohada qanday kurashish va g‘alaba qilishni aniqlashdan iborat bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qildi Xayten.
Avvalroq AQSh harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi koinot hududidagi faoliyat uchun xarajatlarni 20 foizga oshirishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi