23:44 / 04.12.2017
7 867

Tanasini sun’iy o‘zgartirgan yigit qo‘lidan ayrilishi mumkin (Video)

Tanasini sun’iy o‘zgartirgan yigit qo‘lidan ayrilishi mumkin (Video)
Bugungi kunda fitnes klublar ko‘payib, erkaklar orasida bodibilding sporti bilan shug‘ullanish ommalashib bormoqda. Bu sport bilan shug‘ullangan kishilar haqiqatda ham chiroyli qomatga ega bo‘lishadi, qolaversa sog‘liq uchun foydali.

Rossiyaning Pyatigorsk shahrida yashaydigan Kirill Tereshin esa chiroyli qomatga erishishning ancha “oson yo‘li”dan borishga qaror qildi. Bugungi kunda 21 yoshli bu yigitning juda ham katta “bitseps” (bilan mushak)lari internet olamida shuhrat qozonmoqda. Lekin, uning bunday “shuhrat”ga erishishida sportning aloqasi yo‘q.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni “Sintol qiroli” yoki “Shishirilgan gavda” deb nomlashmoqda. Chunki, Tereshin o‘z gavdasini sport bilan shug‘ullanib emas, o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan ukollar bilan o‘zgartirmoqda. Kirill o‘zining ozg‘in gavda tuzilishidan doimo norozi bo‘lib, sport zalida ko‘p shug‘ullangan. Harbiy xizmatdan keyin esa, yanada oriqlab ketgan.

Shundan keyin Tereshin o‘z tanasi mushaklarini ukollar bilan “o‘stirish”ga harakat qila boshlagan. Mushaklarni o‘stiradigan sintol dorisi unga qimmatlik qilgan. Shu sabab, u mushaklarini zaytun yog‘i, benzil spirti va lidokain dorilari bilan “o‘stira” boshlagan.

Hozirgi vaqtda Kirill internet tarmog‘ida o‘zining ulkan “siyohrang” mushaklarini videomurojaatlar orqali muxlislariga namoyish qilish orqali pul ishlab topmoqda. U shu kungacha erishgan natijalari bilan to‘xtab qolish niyati yo‘q. Uning kelgusi rejalaridan butun tanasini tatuirovkalar bilan bezash, ilonlarga o‘xshash maqsadida tilini ikkiga ajratib kesish, irokez turmagiga ega bo‘lish, ko‘zlarining biri rangini sariq, ikkinchisining rangini ko‘kga bo‘yash, shuningdek, qoziq tishlarga ega bo‘lish o‘rin olgan.

Bu yigitning kumiri shu vaqtgacha 20 martadan ko‘proq jarrohlik stoliga ko‘ngilli ravishda yotgan, 38 yoshli fitneschi Aleksandr Shpakdir. Uning fikriga ko‘ra “Talab taklifni keltirib chiqaradi. Bugungi dunyo yorqin mashhurlikni talab qiladi. Odam atrofidagilari sotib oladigan narsani sotishi kerak”.

Mutaxassislarning fikricha, kelajakda Kirill Tereshkinning qo‘llarini kesib tashlanish xavfi mavjud.

Mashhurlik ortidan yugurish, inson tanasini o‘zgartirishlar to‘g‘risida tajribalar o‘tkazishning chek-chegarasi bormikan?

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tanasini sun’iy o‘zgartirgan yigit qo‘lidan ayrilishi mumkin (Video)