00:07 / 06.12.2017
11 047

“Eronlik Joli” o’zining dahshatli tashqi ko’rinishi haqidagi gap-so’zlarga javob qaytardi

“Eronlik Joli” o’zining dahshatli tashqi ko’rinishi haqidagi gap-so’zlarga javob qaytardi
Avval xabar berganimizdek, eronlik Saxar Tabar o’z tashqi ko’rinishini Anjelina Joliga o’xshatish uchun ko’plab plastik jarrohlik muolajalariga murojaat qilgan. Uning tashqi ko’rinishi internet foydalanuvchilari orasida salbiy ma’nodagi muhokamalarga sabab bo’lmoqda, qizning o’zi esa bunga javoban fikr bildirishga ham ulgurdi.

“Aytishni istardimki, bir necha bor plastik jarrohlikka murocjaat qilganman, ammo 50 marta emas. Xorij sayt va kanallari mening tashqi ko’rinishimga oid ma’lumotlarni o’ylab topishmoqda. Men esa ularni IVIII asrda yashab, texnologiyalar haqida ham, pardoz haqida ham eshitmagan va shu sabab bunchalar hayratga tushishmoqda deb o’ylayapman” dedi Tabar.

Ammo qizning bu javobi keskin bahslarni tinchlantira olgani yo’q. Foydalanuvchilar hali-hamon uning dahshatli ko’rinishidan taajjubga tushmoqdalar. Ular orasida Tabarni odam emas, mahluqqa o’xshatayotganlar ham topilyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Eronlik Joli” o’zining dahshatli tashqi ko’rinishi haqidagi gap-so’zlarga javob qaytardi