22:56 / 07.12.2017
9 858

Boshqirdistonlik o’quvchi qiz maktabdagi dars paytida vafot etdi

Boshqirdistonlik o’quvchi qiz maktabdagi dars paytida vafot etdi
Bugun Boshqirdiston maktablarining birida 17 yoshli maktab o’quvchisi dars paytida vafot etdi.

Xabarda aytilishicha, qiz dars jadvalining ilk qatorida turgan informatika fani mashg’uloti paytida o’zini yomon his qila boshlagan. Qiz xushidan ketgach, unga maktab feldsheri tomonidan ilk tibbiy yordam ko’rsatilgan.

Qo’ng’iroq orqali chaqirilgan tez tibbiy yordam xizmati vakillari yetib kelgunlariga qadar qiz yorug’ olamdan ko’z yumgan.

Ayni paytda ushbu hodisa yuzasidan tekshirish ishlari olib borilmoqda va o’lim sababini aniqlash uchun sudmedekspertiza belgilangan.

Aytishlaricha, qiz hastaligi sabab avvaldan barcha ro’yhatlarda turgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Boshqirdistonlik o’quvchi qiz maktabdagi dars paytida vafot etdi