22:15 / 07.12.2017
7 711

2018 yil rangi e’lon qilindi: Pantone versiyasi

2018 yil rangi e’lon qilindi: Pantone versiyasi
Pantone instituti 2018 yil rangini tanladi - bu "ultrabinafsha". Institut vitse-prezidenti Lauri Pressmanning so‘zlariga ko‘ra, "ultrabinafsha" - bu "qiziqqon qizg‘ish-siyohrang va kuchli indigo-binafsha ranglar ittifoqi". Pressmanning ta’kidlashicha, ushbu rang sirli va o‘ychan, u Provansning gullar to‘la dalalarini yodga soladi.

O‘tgan yilning xuddi shu vaqtida Pantone instituti 2017 yilning asosiy rangi sifatida Greenery nomini olgan och yashil rangni e’lon qilgandi. Institut vakillari bu rangni tabiatning uyg‘onishi va hayotning yangilanishi bilan bog‘lashgan. Pantone'ga ko‘ra, o‘tayotgan yil rangi inson va tabiat uyg‘unligini ifodalaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2018 yil rangi e’lon qilindi: Pantone versiyasi