19:17 / 08.12.2017
6 136

Osmondan syurpriz. O‘t o‘chiruvchi samolyot yordamga keldi

Osmondan syurpriz. O‘t o‘chiruvchi samolyot yordamga keldi
Kaliforniyadagi yong‘inlar davomida kutilmagan holat ro‘y berdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

YouTube portalida joylashtirlgan videoda Kaliforniyadagi uylardan birini qamragan yong‘inni o‘chirishga tepada uchib o‘tib ketayotgan o‘t o‘chiruvchi samolyot yordamga kelganini ko‘rish mumkin.

Uy egasi shlanga bilan o‘z uyidagi olovni o‘chirishga urinayotgan mahal osmonda paydo bo‘lgan o‘t o‘chiruvchi samolyot yo‘l-yo‘lakay yong‘inga qarshi aralashma sepib o‘tadi.

«Bu yigit mening hududimni saqlab qoldi. Men abadulabad undan minnatdorman», — degan traverlaw nikli foydalanuvchi.

Kaliforniya shtati janubida bir necha kundan buyon kuchli yong‘inlar kuzatilmoqda. Olov 57 ming gektar maydonni qamragan. Yong‘in natijasida kamida 500 uy yonib ketdi, 190 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Osmondan syurpriz. O‘t o‘chiruvchi samolyot yordamga keldi