09:40 / 09.12.2017
6 037

Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini ma’qulladi

Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini ma’qulladi
AQSh prezidenti Donald Tramp go‘yoki Rossiya o‘rta va yaqin masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish kelishuvini buzgani uchun unga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini ma’qulladi. Bu haqda Politico nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

“AQSh ma’muriyati sovuq urush zamonlaridagi yadroviy qurollar bo‘yicha kelishuvga rioya qilishga majbur qilish umidida, taqiqlangan qanotli raketa uchun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llaydi”, deb aytgan amerikalik mansabdor shaxs.

Ma’lum qilinishicha, AQSh moliya vazirligi kelishuvda taqiqlangan yangi qurolni ishlab chiqishda yordam bergan Rossiya kompaniyalarini jazolaydi.

AQSh hukumati Rossiyani “Iskander-M” raketasini uchirgandan keyin kelishuvni buzishda ayblay boshlagan. Rossiya Federatsiya kengashining mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi boshlig‘i Viktor Bondarev ushbu raketa “ichki foydalanish uchun” mo‘ljallanganini, chunki uning uchish uzoqligi 400 km dan oshmasligini ma’lum qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini ma’qulladi