21:21 / 09.12.2017
7 285

“Umid qo’li”: Mashhur suratdagi chaqaloqning taqdiri qanday kechdi?

“Umid qo’li”: Mashhur suratdagi chaqaloqning taqdiri qanday kechdi?
1999 yili ushbu hikoya butun dunyo ahlini larzaga soldi. AQShlik homilador ayol UTT tekshiruvidan o’tgan paytda homilada umurtqa pog’onasi nuqsoni borligini aniqlandi. Bu esa uning hech qachon yura olmasligini anglatar edi...

Jarrohlar o’ta nozik va murakkab operatsiyani o’tkazishga qaror qildilar. Ular boladagi nuqsonni ona qornidayoq operatsiya usuli bilan to’g’irlash mumkin degan hulosaga kelishgan.

Operatsiya muvaffaqiyatli o’tdi. Jarayon oxirlab qolganda esa ona qornidan chaqaloqning mitti qo’lchasi ko’rindi va jarrohning bosh barmog’ini go’yo unga umid bildirayotgandek, undan ko’mak so’rayotgandek ushlab oldi!

Ushbu hodisa jarayon davomida ishtirok etgan suratkash kadrlariga muhrlandi. Surat “Umid qo’li” nomi bilan butun dunyoga tarqaldi.

Operatsiya natijasida bolakay 1999 yilning 2 dekabr kuni nuqsonlarsiz dunyoga keldi va unga Semyuel Aleksand Armas deya ism berildi.

Ayni paytda Semyuel 18 yoshda.

Yigit jarrohlar mahorati sabab bugungi kunda to’laqonli hayot kechirmoqda va hatto sport bilan ham shug’ullanadi. Uning taqdiri esa shifokorlar bilim va jasorati sabab ajoyib burilish oldi!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Umid qo’li”: Mashhur suratdagi chaqaloqning taqdiri qanday kechdi?