Geofiziklar suv osti seysmografi yordamida akustik anomal holatni qayd etishdi, ular okean tubidagi erkin tebranishlar tufayli yuz bergan. Tegishli tadqiqot Geophysical Research Letters jurnalida e’lon qilindi.
Ularni eshitish imkoniyati inson qulog‘ining qabul qilish minimal to‘sig‘idan o‘n ming marotaba kamroq bo‘lgan. Ilk bor shunday fenomen 1998 yilda hujjatlarga kiritilgandi, biroq o‘shandan beri uning kelib chiqish sababi noma’lumligicha qolmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “shovqin” hattoki nol darajali seysmik faollikda ham kuzatiladi.
Yangi ma’lumotlar Fransiya va Germaniyadan bo‘lgan hamda Parijdagi Yer fizikasi institutilik Marta Din boshchiligidagi olimlar guruhi tomonidan olindi. Geofiziklar Hind okeani tubidagi tebranishlarni 4540 va 4260 metrlik ikki nuqtada o‘lchashdi hamda chastotasi 2,9 dan 4,5 milligers bo‘lgan doimiy tovush to‘lqinlarini aniqlashdi.
Tadqiqotda fenomenni tushuntirib berishi mumkin bo‘lgan bir necha farazlar ham taqdim etildi. Xususan, olimlarning taxminicha, “shovqin” yoki atmosfera va yer qobig‘i o‘rtasidagi akustik rezonans sababli, yoxud qattiq yuzaning okean to‘lqinlari bilan o‘zaro aloqasi tufayli paydo bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi