03:57 / 10.12.2017
5 071

Germaniyadagi qishloqcha 140 ming yevroga sotildi

Германиядаги қишлоқча 140 минг еврога сотилди
Germaniyaning Brandenburg federal yeridagi Alvine qishloqchasi auksiondan 140 ming yevroga sotildi. Bu haqda «Spiegel» nashriga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, hududi 16 ming kvadrat metrni tashkil qiladigan qishloqda bor-yo‘g‘i 15 kishi yashaydi. Qishloq uning avvalgi egasi rentani to‘lay olmagandan keyin sotuvga qo‘yilgan.

Berlindan 100 km.cha uzoqlikda joylashgan qishloqchada bir nechta uy, garajlar va yordamchi inshootlar bor. Uylarning ko‘pida hech kim yashamaydi.

Anonim xaridor qishloqni telefon orqali sotib olgan. Qishloqning dastlabki narxi 125 ming yevro qilib belgilangandi. Qishloqning yangi egasi uni saqlash bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyadagi qishloqcha 140 ming yevroga sotildi