Misr hokimiyati 3,5 ming yillik tarixga esa ikkita qadimiy sag’ana topilgani haqida ma’lum qildi. Devoriy yozuvlarga ko’ra, ular XVIII sulola, ya’ni Amenxotep II va Tutmos IV hukmronligi o’rtasidagi davrga (eramizdan avvalgi 1428 — 1388 yillar) ga tegishlidir.
Ushbu sulola Yangi podsholik davrida hukmronlik qilgan bo’lib, bu paytda Misr o’zining kuch-qudrat cho’qqisiga erishgan va gullab-yashnagan. Bugungi kundagi Luksor yerlarida esa o’sha davrlardagi Misr poytaxti Fiva joylashgan. Sag’analarning biridagi shift yuzasiga fir’avn Tutmosa I nomi o’yib yozilgan.
Xabarda keltirilishicha, sag’analarning birinchisi tosh devorlardan iborat bo’lib, 6 metrli yo’lak bo’ylab, 4 ta dafn xonasiga kiriladi. U yerdan esa yog’och tobut parchalari va devoriy yozuv hamda suratlar topilgan.
Ikkinchi sag’anada 5 kirish yo’li bor va ular to’rtburchak shakldagi zalga olib boradi. Uning ikki tomonida esa dafn xonalari joylashgan.
Arxeologlar sag’analarning biridan mo’miyolangan jasad topishga ham muvaffaq bo’ldilar.
Tahminlarga ko’ra, bu saroy amaldorlaridan birining jasadi bo’lishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?