23:00 / 10.12.2017
5 347

Kaliforniyada samolyot mahalliy aholi vakillari yashaydigan uyga kelib urildi

Kaliforniyada samolyot mahalliy aholi vakillari yashaydigan uyga kelib urildi
Amerikaning Kaliforniya shtatida bir motorli “Bichkraft-Bonanza” samolyoti San-Diegodagi uylarning biriga kelib urildi.
Xabarda aytilishicha, halokat natijasida ikki kishi vafot etgan, yana ikki kishi jarohatlangan. Shuningdek, samolyot bortida bor-yo’g’i 4 kishi bo’lgani aniqlangan.

Samolyot “Montgomeri Fild” aeroportidan chiqib ketgach, uchuvchi dvigatel ishlamay qolayotgani haqida xabar yetkazgan va orqaga qaytishga uringan. Uchuvchi samolyotni yerga yuqori darajadagi tezlik bilan qo’ndirishga erishgan bo’lsa-da, halokatdan qochib qutula olmagan va samolyot bilan qarshisidagi uyga urilib kirgan.

Hayriyatki, halokat paytida xonadon sohiblari uyda bo’lishmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kaliforniyada samolyot mahalliy aholi vakillari yashaydigan uyga kelib urildi