08:30 / 11.12.2017
5 111

Germaniya rozi. Yevropa Qo‘shma Shtatlari qachon tashkil etilishi mumkin?

Германия рози. Европа Қўшма Штатлари қачон ташкил этилиши мумкин?
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Zigmar Gabriel Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi raisi Martin Shulsning 2025 yilga kelib Yevropa Qo‘shma Shtatlarini tashkil etish haqidagi g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

«Siyosatchilarni har doim tanqid qilishadi, bunga ularning kelajakdagi rivojlanish bo‘yicha rejalari yo‘qligi sabab sifatida keltiriladi. Hamda hozir kimdadir – Martin Shulsda – Yevropaning kelajakdagi rivoji va taraqqiyoti bo‘yicha yangi g‘oya tug‘ildi, va barcha unga darhol tashlandi», - deya aytib o‘tdi Shulsning partiyadoshi bo‘lgan Gabriel.

Vazirning fikriga ko‘ra, Yevropa butun dunyo bo‘ylab yevropalik fuqarolar manfaatini himoya qiluvchiga aylanishi kerak. Hamda bu, uning ta’kidlashicha, har bir davlat alohida siyosat olib boradigan bo‘lsak, imkonsizdir.

«Dunyo o‘zgarmoqda. Osiyo, Lotin Amerikasi, Afrika. Faqat Yevropa kichraymoqda. Agarda biz bu borada qat’iy pozitsiyada turmasak, kelajakda farzandlarimiz ovozlaridan mahrum bo‘lishadi», - deya xulosa qilgan Gabriel.

Avvalroq nemislarning aksariyati Yevropa Qo‘shma Shtatlarini tashkil etish g‘oyasiga qarshi chiqqani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya rozi. Yevropa Qo‘shma Shtatlari qachon tashkil etilishi mumkin?