09:54 / 11.12.2017
6 097

Saakashvilining rafiqasi uning ayni paytdagi ahvoli haqida ma’lum qildi

Saakashvilining rafiqasi uning ayni paytdagi ahvoli haqida ma’lum qildi
Avval xabar berganimizdek, Odessa sobiq gubernatori Mixail Saakashvili ayni paytda kazarmada saqlanmoqda va muddatsiz ochlik e’lon qilgan. Siyosatchining rafiqasi Sandro Rulovs esa uning xozirgi ahvoli haqida ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Saakashvili ochlikni davom ettirmoqda, ammo o’zini yaxshi va tetik his qilayapti. Rulovsga bu haqida siyosatchi advokatlari xabar bergan. Shuningdek, u Kiev hokimiyati siyosatchini Gruziyaga ekstraditsiya qilish niyatida ekanligini ham tahmin qilmoqda.

“Ukraina sudi adolatsiz va unga Ukraina hokimiyati buyrug’i yetkazilgan... Balki uy qamog’i haqida qaror qabul qilishar, ammo bularning barchasi vaqtdan yutish va Gruziya sudining Mishaga tegishli hukmini kutish uchun amalga oshirilyapti” deydi Rulovs.

Eslatib o’tamiz, Mixail Saakashvili jinoiy tashkilot a’zolariga hayrixohlikda ayblanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saakashvilining rafiqasi uning ayni paytdagi ahvoli haqida ma’lum qildi