12:30 / 11.12.2017
6 571

AQSh vahimada. KXDR biologik qurolni qo‘llashi mumkinmi?

AQSh vahimada. KXDR biologik qurolni qo‘llashi mumkinmi?
Amerika razvedkasi 2006 yilda AQSh kongressini Pxenyan biologik qurolni maxfiy tarzda ishlab chiqish bilan shug‘ullanayotgani haqida ogohlantirgan. Ayni damda bu dastur eng yuqori pallaga chiqdi, deb yozmoqda The Washington Post razvedka doiralaridagi ekspertlar hamda manbalarga tayangan holda.

O‘n yil muqaddam ekspertlar Shimoliy Koreyaga qurolni to‘laqonli yaratish uchun texnik ko‘nikmalar yetishmayotganini ta’kidlab o‘tishgandi. Biroq ayni damda vaziyat o‘zgardi. KXDR «bioqurolning ilg‘or dasturi uchun ehtimoliy foydalanilishi mumkin bo‘lgan kerakli mexanizmlarni qo‘lga kiritish yo‘lida tinimsiz harakatlanmoqda», deb yozadi WP.

Bundan tashqari, ta’kidlanishicha, KXDR hukumati olimlarni xorijga mikrobiologiyani o‘rganish uchun yubormoqda.

Voqealarning bunday rivoji amerikalik tahlilchilarni vahimaga soldi. Ularning fikricha, Shimoliy Koreya agar xohlasa biologik patogenlarni sanoat ko‘lamida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin.

«Agarda bu ertaga boshlansa, buni payqamasligimiz ham mumkin. Bunda bizga faqat omad kulib boqishi hamda ma’lumot yetkazib beruvchilar kerakli joyda bo‘lishi hal qiluvchi o‘rinni egallaydi», - deya aytib o‘tgan nashrga o‘z nomini oshkor etmagan amaldor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh KXDR bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga tayyorligi, faqat bu agarda Pxenyan yadro qurolidan xoli hududni yaratish jarayonini boshlasagina ro‘y berishi mumkinligi xabar qilingandi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh vahimada. KXDR biologik qurolni qo‘llashi mumkinmi?