22:29 / 11.12.2017
6 627

Xitoyning eng mashhur ruferi navbatdagi tomoshasi vaqtida osmono’par binodan yiqilib vafot etdi

Хитойнинг энг машҳур руфери навбатдаги  томошаси вақтида осмонўпар бинодан йиқилиб вафот этди
Xitoyning eng mashhur ruferi bo’lmish 26 yoshli Vong Yon Nin Chansha shahridagi osmono’par binodan pastga qulab vafot etdi. Yigitning jasadi halokatdan bir kun o’tib topilgan.

Rufer o’zining baland binolar tomida amalga oshirgan akrobatik tomoshalari orqali mashhurlikka erishgan, uning Weibodagi sahifasiga esa 230 mingdan ortiq inson obuna bo’lgan. Vong Yon shuningdek jang san’ati bilan ham shug’ullangan va teleloyihalarda ishtirok etgan.

Xabarda aytilishicha, xitoylik yigit ushbu xavfli tomoshalar orqali hasta onasining davolanishi uchun yetarli mablag’ yig’ishga uringan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyning eng mashhur ruferi navbatdagi tomoshasi vaqtida osmono’par binodan yiqilib vafot etdi