O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

  • 13 dekabr 2017, 23:30
  • 6 612
  • Dunyo
  • O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi
    Moskva shahri janubi-g‘arbida joylashgan kafedagi maishiy mojaro O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarining “birga bir” ommaviy mushtlashuvi bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

    Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ommaviy mushtlashuv haqida guvohlar tungi soat taxminan ikkilarda IIB navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishgan.

    "Sevastopol shohko‘chasidagi sharq oshxonasiga ega kafeda ikki erkaklar guruhi dam olib o‘tirgan bo‘lgan, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari, - deya aytib o‘tgan huquqni muhofaza qilish organlaridagi manba “KP”ga. – Uzoq o‘tirishgan. Mast bo‘lishgan. Kafe xodimlarining aytishicha, ular o‘rtasidagi mojaro arzimagan narsadan kelib chiqqan – bir kishi boshqasini yelkasi bilan turtib yuborgan. Janjallashib qolganlarga do‘stlari yordamga kelishgan”.

    Moskva politsiyasi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, voqea joyiga yetib kelgan patrul xizmati xodimlari 12 kishini qo‘lga olishdi. Ular yaqin oradagi politsiya bo‘linmasiga yuborildi. Mojaro tafsilotlari, kim mushtlashuvda qay darajada ishtirok etgani aniqlashtirilmoqda.

    "Ikki erkak shifoxonaga olib ketildi, - deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan politsiyadan. – Har ikkisida ham jarohatlar. Ulardan biriga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilgach javob berilgan".

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi