11:20 / 15.12.2017
4 625

2017 yildagi eng mashhur erkaklar trendi nomi e’lon qilindi

2017 yildagi eng mashhur erkaklar trendi nomi e’lon qilindi
Ortda qolayotgan yilda erkaklar orasida eng mashhur bo‘lgan trendlar ro‘yxati e’lon qilindi. Ro‘yxatning birinchi o‘rnini Patagonia va The North Face brendi egalladi.

North Face asosan sport kiyimlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi va bu liboslar asosan qishqi sport turlari uchun ko‘proq yaratilgan. Masalan, chang‘i sportchilari, alpinistlar, yuguruvchilar asosan mana shu brend lisobini o‘zlari uchun trendga aylantirib olishgan.

Ushbu ro‘yxat Lyst tizimidagi qidiruvlar soni asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, bu haqda HighSnobiety batafsil xabar berdi.

Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnini esa, Streetstyle uslubi band etdi. Sport uslubidagi kiyimlar ham bu yilda erkaklar orasida urfga kirganini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Shuningdek, 2017 yilda erkaklarning asosiy qismi pushti rang liboslarni ko‘p kiyganliklariga ham e’tibor qaratilgan.

Sport soatlari, jinsi mahsulotlari, turli kompaniyalarning logotiplari tushirilgan kiyimlar bu yilda erkaklar tomonidan ko‘proq xarid qilinib, foydalanganligini ham ta’kidlab o‘tish kerak. Bundan tashqari kombizion va krasovkalar ham bu yilda trendga aylangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2017 yildagi eng mashhur erkaklar trendi nomi e’lon qilindi