16:57 / 15.12.2017
6 943

Kseniya Sobchak qizil ko’ylak va tanish chehra yordamida Putinning e’tiborini jalb qilgani haqida gapirib berdi

Kseniya Sobchak qizil ko’ylak va tanish chehra yordamida Putinning e’tiborini jalb qilgani haqida gapirib berdi
Kuni kecha RF prezidenti Vladimir Putin ishtirokida bo’lib o’tgan va 3 soatu 40 daqiqa davom etgan matbuot konferensiyasida 55 nafar jurnalist davlat boshlig’iga o’z savollarini berishga muvaffaq bo’ldilar. Ular orasida mamlakat prezidentligiga da’vo qilayotgan teleboshlovchi Kseniya Sobchak ham bor edi.

Xabarda aytilishicha, savol berish uchun mikrofon uning qo’liga Putinning shaxsiy ko’rsatmasiga ko’ra topshirilgan.

Boshlovchi mamlakat nashrlarining biriga bergan intervyusida qanday qilib Putinning e’tiborini o’ziga tortgani haqida hazil aralash holda gapirib berdi.

“Balki qizil rangli libosda ekanligim, balki avvaldan o’rin olib qo’yib, zalga birinchilardan bo’lib kirish uchun roppa-rosa ertalabki o’nda yetib kelganim va o’z sumkam hamda “Barchaga qarshi” belgisini ko’rinarli joyga qo’yganim sabab bo’lgandir. Vladimir Putin tanish chehrani ko’rgan bo’lishi ham mumkin” deydi Sobchak.

Kseniya Sobchak konferensiya paytida Putinga siyosiy raqobat va Aleksey Navalnov haqida savol bergan, Putin esa uning “Barchaga qarshi” shaklidagi shiorini tanqid qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kseniya Sobchak qizil ko’ylak va tanish chehra yordamida Putinning e’tiborini jalb qilgani haqida gapirib berdi