10:00 / 16.12.2017
4 983

To’rt nafar falastinlik Isroil politsiyasi bilan bo’lgan to’qnashuvlarda vafot etdi

To’rt nafar falastinlik Isroil politsiyasi bilan bo’lgan to’qnashuvlarda vafot etdi
4 nafar falastinlik fuqaro juma kunidan boshlab arablar tomonidan egallangan hududlarda ibodat vaqtidan keyin yuzaga kelgan Isroil politsiyasi bilan bo’lgan to’qnashuvlar chog’ida vafot etdi. Bu haqida Falastin Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga tayangan holda “Tass.ru” nashri xabar bermoqda.

Shuningdek, yaralanganlar soni 367 kishiga etgani va ulardan 7 nafari o’ta og’ir ahvolda ekanligi ham qo’shimcha qilingan.

Eslatib o’tamiz, Falastin hududlarida yosh guruhlar va Isroil politsiyasi o’rtasida to’qnashuvlar yuzaga kelmoqda. Juma kuni e’lon qilingan “G’azab kuni” norozilik aksiyasida Iordan daryosining g’arbiy qirg’oqlari va G’azo sektorida minglab falastinliklar ishtirok etmoqdalar.

Ular AQSH hukumatining Quddusni Isroil poytaxti deb tan olish haqidagi qaroriga norozilik bildirishyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » To’rt nafar falastinlik Isroil politsiyasi bilan bo’lgan to’qnashuvlarda vafot etdi