16:28 / 17.12.2017
6 808

Krasnoyarskda politsiyachi qizni o‘gay ota uzgan o‘qdan to‘sib halok bo‘ldi

Krasnoyarskda politsiyachi qizni o‘gay ota uzgan o‘qdan to‘sib halok bo‘ldi
Krasnoyarsk o‘lkasida politsiyachi qizni o‘gay ota uzgan o‘qdan to‘sib halok bo‘ldi. Bu haqda «Rossiya IIV» o‘lka boshqarmasi xabariga tayanib «Daryo» yozmoqda.

Divnogorsk shahar navbatchilik qismiga 19 yoshli qiz murojaat etib, uyida mojaro yuz berayotgani, o‘gay otasi esa kvartiraga qo‘ymayotganidan shikoyat qildi. Hodisa joyiga katta serjantlar Denis Sumin va Pavel Volosunov jo‘nadi. Pod’ezdga kirib, ular mazkur kvartiradan yordam so‘ralgan qichqiriqlarni eshitdi.

Sumin ichkariga kirishga harakat qildi, biroq unga ov qurolidan o‘gay qizini otib tashlashga uringan erkak xalaqit berdi. Politsiyachi yonida turgan qizni itarib yubordi va o‘zi o‘qqa nishon bo‘ldi. Ikkinchi politsiyachi hamkasbiga yordam berish chog‘ida yaralandi.

Shunday bo‘lsa ham, qiz va Suminni ko‘chaga olib chiqish hamda yordam chaqirishga muvaffaq bo‘ldi. Ikki serjant ham jonlantirish bo‘limiga yetkazildi. Sumin o‘ziga kelmay hayotdan ko‘z yumdi, Volosunovning hayoti xavf ostida emas.

Voqea joyiga kelgan yordam kuchlari kvartirada qizning onasi va o‘gay otasi jasadiga duch keldi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, erkak joniga qasd qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Krasnoyarskda politsiyachi qizni o‘gay ota uzgan o‘qdan to‘sib halok bo‘ldi