08:19 / 18.12.2017
4 353

Chilida prezident saylovi natijalari ma’lum qilindi

Чилида президент сайлови натижалари маълум қилинди
Chili markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidenti saylovida Sebastyan Pinera g‘olib bo‘lganini ma’lum qildi. U mamlakatni 2018-2022 yillarda boshqaradi.

99,62 foiz ovoz hisoblab chiqilgandan keyin Pinera 54,57 foiz, uning raqibi senator Alexandro Giliyer 45,43 foiz ovoz olgani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz nashri.

“Raqibim Sebastyan Pinerani tabriklayman, men g‘alaba bilan tabriklash uchun unga qo‘ng‘iroq qildim”, deb aytgan Giliyer Santyagodagi matbuot anjumanda.

Amaldagi prezident Mishel Bachelet ham Pinerani g‘alaba bilan tabriklagan.

Pinera va Giliyer saylovning 1-turida mos ravishda 36,64 va 22,70 foiz to‘plagandilar. 1-turda g‘olib bo‘lish uchun 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plash kerak edi.

Sebastyan Pinera avval ham prezident lavozimini 2010-2014 yillarda egallagan. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 2,7 mlrd dollarni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chilida prezident saylovi natijalari ma’lum qilindi