12:43 / 19.12.2017
6 277

Xitoyda dunyodagi eng uzun ugra tayyorlandi

Xitoyda dunyodagi eng uzun ugra tayyorlandi
Xitoyda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya xodimlari tomonidan uzunligi 3084 metrdan ko’proq bo’lgan dunyodagi eng uzun ugra (lapsha) tayyorlandi va Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi.

Xabarda aytilishicha, ushbu taomni tayyorlash uchun 40 kg un, 26,8 litr suv va 0,6 kg tuz kerak bo’lgan.

Ginnes rekordlari kitobining rasmiy vakili Jon Garland Xitoyning Xenan provinsiyasiga tashrif buyurib, 17 soat davom etgan ushbu murakkab jarayonni kuzatib turdi. Gap shundaki, ugra butun holatda bo’lishi va uzilib ketmasligi kerak edi.

Tayyor ugra o’lchangach, Jon Garland yangi rekord qayd etilganini ma’lum qildi va taom turli qaylalar bilan 400 nafar ishtirokchiga ulashib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda dunyodagi eng uzun ugra tayyorlandi