17:30 / 19.12.2017
9 073

Er-xotin o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilariga giyohvand moddalar sotishgan...

Er-xotin o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilariga giyohvand moddalar sotishgan...
Barcha ota-ona o‘z farzandlarining tarbiyasida o‘qituvchilarning o‘rni beqiyosligini tushunadi. Lekin, o‘qituvchi o‘z o‘quvchisiga giyohvand modda sotsa, ota-ona nima qilishi kerak?

Ukrainaning Lvov viloyati huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘z o‘quvchilariga giyohvand moddalarni sotayotgan er-xotin o‘qituvchilarni qo‘lga olishgan.

Bu pedagoglardan biri hayot xavfsizligi va tarix fanidan, ikkinchisi esa, ingliz tilidan dars bergan. Ular psixotrop va giyohvand moddalarni Yevropa ittifoqi davlatlaridan olishgan. “O‘qituvchilar juftligi”dan musodara qilingan giyohvand moddalarning umumiy qiymati, salkam 9 ming AQSh dollariga baholangan.

Bu juftlikdan musodara qilingan moddalar orasida amfetamin, metamfetamin tayyorlash uchun foydalaniladigan aralashmalar bo‘lgan.

Endi, er-xotin og‘ufurushlarni 12 yillik qamoq jazosi kutmoqda.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Er-xotin o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilariga giyohvand moddalar sotishgan...