23:28 / 21.12.2017
5 719

Erdo‘g‘an: AQSh o‘z dollariga boshqa davlatlar ovozini sotib olmoqchi

Erdo‘g‘an: AQSh o‘z dollariga boshqa davlatlar ovozini sotib olmoqchi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an jahon hamjamiyatini Al-Quds maqomi masalasida AQShning bosimiga uchmaslikka chaqirdi.

Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Trampning BMT Bosh assambleyasining Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishini qoralovchi rezolyutsiya loyihasini qo‘llab-quvvatlovchi davlatlarga moliyaviy yordam to‘xtatilishi tahdidiga e’tibor qaratdi.

“Demokratiya belanchagi” deb ataladigan Amerika bugun o‘z dollariga boshqa davlatlar ovozini sotib olishga urinmoqda. Janob Tramp, Turkiya qo‘llab-quvvatlashi sotilmaydi va bizning pozitsiyamiz hammaga ma’lum. Barcha davlatlarni demokratiyadan, bir onli foyda uchun mustaqil fikrdan voz kechmaslikka chaqiraman”, deb aytgan Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘an Falastin-Isroil ixtilofiga taalluqli mavzularni BMT Bosh assambleyasida ochiq muhokama qilishga chaqirdi. “Bu masala bo‘yicha har kim o‘z fikrini ochiqchasiga aytsin va kimnidir fikrini sotib olish kerakmas. AQSh BMT Bosh assambleyasidagi bugungi muhokamalar vaqtida o‘z istaganiga erisha olmaydi va jahon hamjamiyati Vashingtonga yaxshigina saboq berib qo‘yadi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an: AQSh o‘z dollariga boshqa davlatlar ovozini sotib olmoqchi